13:29 / 15.06.2015
6088

O‘zbekiston fuqarolari IShID tarkibiga asosan Odnoklassnikidan jalb qilinmoqda

O‘zbekiston fuqarolarini IShID terrorchi guruhiga jalb qilish asosan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Bu haqda siyosatshunos Anvar Nazir aytib o‘tdi.
“Feysbuk yoki Tvitter orqali emas, aynan Odnoklassniki orqali”, – ta'kidlab o‘tdi ekspert.
Materialda ushbu tarmoq orqali ayollarning terrorchilar safiga jalb qilinishi bir qancha misollar bilan dalillangan. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi 38 yoshli Madina ismli ayolning ilgari OAVda yoritilgan hayoti eslab o‘tilgan. Ayol chet elda istiqomat qiluvchi 27 yoshli yigit bilan shu ijtimoiy tarmoqda yozishib turgan. Yigit mavzuni tez-tez jihodga burib turgan. Bir kuni, Madinaning turmush qurmaganligini eshitib, agar u ham jihodga qo‘shilsa, uni o‘zi nikohlab olishini aytgan.
Madinaning “odamlarni portlatamanmi”, degan savoliga javoban yigit “odamlarni emas, kofirlarni”, deya javob qaytargan. Shundan so‘ng Madina u bilan aloqalarni kesgan.

Top