17:42 / 15.06.2015
5132

Peskov Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokara vaqtida yuz bergan uzilishga izoh berdi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi vaqtida an'analardagi farqlar tufayli to‘xtalish yuzaga kelganini aytib o‘tdi.

"Ba'zilar taxmin qilayotganidek, munosabatlarda tushunmovchilik yuzaga kelmadi. Birinchidan, bu to‘xtalish uzoq davom etgani yo‘q. Janob Erdo‘g‘an o‘z odatiga ko‘ra uchrashuv vaqtida OAVlar bilan gaplashmaydi. Unda uchrashuv avvalida matbuot vakillari uchun aytiladigan gap bo‘lmagan. Bu to‘xtalish shu bilan bog‘liq edi", deydi Peskov.

Uning ta'kidlashicha, bu to‘xtalish Rossiya va Turkiya munosabatlarida to‘xtalish yuz berganini bildirmaydi.

Top