10:39 / 15.06.2015
3281

Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari terma jamoaning avstriyaliklar bilan o‘yinini majruhlar o‘yiniga qiyosladi

Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov Rossiya terma jamoasining avstriyaliklar bilan o‘yinini majruhlar o‘yiniga qiyosladi.

“Bu majruhlik”, deb aytdi Ivanov jurnalistlarning o‘yin sifati haqidagi savollariga javoban.

Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo‘mitasi a'zosi Sergey Stepashin ham rossiyaliklar o‘yinidan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.

“Jamoamiz ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yiniga ozmi-ko‘pmi chidasa bo‘ladi, biroq bunday darajadagi jamoaga yutqazish yomon alomat”, deb aytdi Stepashin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya termasi o‘z maydonida guruh peshqadami Avstriyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.

Top