09:38 / 15.06.2015
1859

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 10ta medalga egalik qilmoqda

Sport kurashlari bo‘yicha Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan medallar soni 10taga yetdi.

O‘zbekiston sport kurashlari Assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni erkin kurash bo‘yicha keltirdi. Abbos Rahmonov (54 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bunyod Tojiboyev (58 kg) – bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bunga qadar qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nabira Yesenbayeva (60 kg) oltin medalni, Shahodat Jullibayeva (56 kg) esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Abubakr Alimov (69 kg) ham mazkur chempionatning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Natijada bugungi kunga kelib O‘zbekiston terma jamoasi 2ta oltin, 3ta kumush va 5ta bronza, jami 10ta medalni qo‘lga kiritdi.

Top