12:47 / 15.06.2015
2760

Toshkentda “elektr quvvati uchun” pul to‘plab yurgan samarqandlik qallob qo‘lga olindi

Samarqand shahridan Toshkentga tashrif buyurgan fuqaro, ishsiz R. Zafar pul topish maqsadida Sirg‘ali tumanidagi xonadonlarga tashrif buyurib, o‘zini “elektr tarmog‘idan” deb tanishtirib, pul to‘plab yurgan. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bir safar Zafar uylardan birida o‘rnatilgan elektr hisoblagichni ko‘zdan kechirib, turli bahonalar bilan uy egasiga “jarima solgan” va 432 ming so‘m pul undirgan. Ammo kvitansiyani soxtalashtirib, boshqa shaxs nomidan bankka 12 ming so‘m topshirgan, qolgan pullarni esa o‘zlashtirib yuborgan.
Pullar tegishli manzilga yetib bormaganini payqagan uy egasi tegishli idoralarga murojaat qilgan. Huquqbuzar tez orada qo‘lga olingan.

Top