12:21 / 15.06.2015
2809

Toshkentda 45 yoshli ayol oilasi bilan esdaliklar do‘konida o‘g‘irlik qildi

Toshkentda 45 yoshli ona boshchiligidagi oila esdaliklar sotuvchi do‘konlardan biriga kirib, yarim million so‘mdan ortiq narxdagi buyumlarni o‘g‘irladi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, ayol 25 yashar qizi va 18 yashar jiyani bilan birgalikda Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi Sanjar ismli yigitning Lacetti mashinasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi esdaliklar do‘koniga borgan. U jiyani bilan birga sotuvchini chalg‘itib turganda, qizi savdo rastasidagi 300 ming so‘mlik tuxumsimon buyumni va shu narxdagi fil haykalchasini o‘g‘irlagan. Ular mashinaga o‘tirib qochib ketishgan.
Hozirgi kunda ular qo‘lga olinib, qonun oldida javob bermoqda.

Top