15:53 / 15.06.2015
3276

Toshkentda piyonista otasini pichoqlab qo‘ygan o‘g‘il qamalib ketdi

Toshkentda istiqomat qiluvchi, 1980 yili tug‘ilgan Valeriy Kurochkin otasini kaltaklaganida va pichoqlaganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, ayblanuvchining otasi Fyodor Kurochkin spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan bo‘lib, mast holda uyushtirgan janjallari bois ko‘p vaqtini qamoqxonada o‘tkazgan. O‘zining bunday tarjimai holi bois rafiqasi Tatyana va o‘g‘li Valeriy bilan kelisha olmagan.
Bir kuni, ichib kelib, mast holda rafiqasiga gapirgan. Bundan holatga o‘rganib qolgan Tatyana eriga e'tibor bermagach, Fyodor Valeriyning xonasiga kirib, unga e'tiroz birdira boshlagan. Ota-o‘g‘il o‘rtasida dahanaki jang kelib chiqqan. Jahl ustida Fyodor qaynab turgan suv solingan idishni tepib yuborgan. Qaynoq suv Valeriyning oyog‘iga to‘kilgan. Og‘riqdan jahli qo‘zib ketgan farzand otasiga tashlanib, uning boshiga va tanasiga zarbalar bera boshlagan. Ammo bu bilan ham qoniqmay, Fyodorning ko‘kragiga pichoq bilan zarba bergan.
Voqeaga aralashgan Tatyana tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirgan. Fyodorning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Otasini pichoqlagan o‘g‘il esa qamoqqa tashlangan.

Top