10:36 / 15.06.2015
4262

Yahyo Imomov Budapeshtdagi Gran-Prida g‘olib bo‘ldi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirda 67 davlatdan kelgan jami 411 nafar dzyudo ustalari g‘oliblik uchun tatamida bahslashishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Yahyo Imomov 81 kg vazn toifasida finalda g‘alaba qozondi.

2014 yilgi Toshkent Gran-Prisi kumush medali sovrindori, 2013 yilda Katta shlem turniri g‘olibi bo‘lgan Yahyo Imomov jami 51 sportchi ishtirok vazn toifasida avvaliga Vengriya, Bolgariya hamda Germaniya vakillarini mag‘lub etib, yarim finalga yetib keldi. U final ostonasida rossiyalik Stanislav Semenovni 2 daqiqayu 45 sekund ichida taslim etdi va finalga chiqdi. U finalda 2013 yili Rio de Janeyroda o‘tkazilgan jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan fransiyalik Adam Smitni ham yengdi.

Shu tariqa, Vengriyadagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 1 oltin va 1 bronza medal bilan sakkizinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston terma jamoasi a'zolarini mazkur Gran-Pri turniriga 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgandi.

Top