15:28 / 15.06.2015
1633

Yaponiya Kiyevdagi aeratsiya stansiyasini qayta tiklashga 870 mln dollar ajratdi

Yaponiya Ukrainaga 870 mln dollar miqdorida kredit taqdim etdi. Moliya vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mablag‘ Kiyevdagi Bortnicheskaya aeratsiya (havoni tabiiy tozalash, havo almashinuvini yaxshilash) stansiyasini qayta tiklashga yo‘naltiriladi.
“Bugun Bortnicheskaya aeratsiya stansiyasini tiklash bo‘yicha 108.193 mlrd iyenalik kredit kelishuvini Ukraina hukumati nomidan moliya vaziri Nataliya Yaresko va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi nomidan tashkilot prezidenti o‘rinbosari Ichikava Masakazu imzoladi”, – deyiladi xabarnomada.
Ushbu pullar yordamida stansiyaning tozalovchi inshootlari yangilanadi, Kiyevdagi oqova suvlarini tozalash tizimi yaxshilanadi.

Top