12:42 / 15.06.2015
3593

Zimbabve o‘z milliy valyutasidan voz kechmoqda

15 iyundan Zimbabve Markaziy banki ulkan darajada qadrsizlanib ketgan mamlakat milliy valyutasi – Zimbabve dollarini muomaladan chiqarishni hamda uni AQSh dollariga almashtirishni boshlamoqda. Bu haqda bir qator xorijiy OAVlar xabar bermoqda.
OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, 0 dan 175 kvadrillion Zimbabve dollariga ega hisob raqamlari 5 dollar bilan almashtiriladi. Bu qiymatdan ko‘proqni tashkil qilgan pullar 35 kvadrillion Zimbabve dollariga 1 AQSh dollari kursi bo‘yicha ayirboshlanadi.
Bundan tashqari, naqd ko‘rinishdagi Zimbabve dollari o‘zining fantastik darajada nominalga egaligi sababli suvenirlar sifatida talabga ega bo‘lganligi bois 250 trln dollarga 1 AQSh dollari kursi bo‘yicha almashtiriladi.
Valyutani ayirboshlash jarayoni sentabr oyigacha yakunlanishi kerakligi aytilmoqda.

Top