13:41 / 16.06.2015
1692

2016 yil oxirigacha Ukraina va Saudiya Arabistoni hamkorligida birinchi An-132 yuk samolyoti ishlab chiqariladi

Ukraina va Saudiya Arabistoni hamkorligida ishlab chiqariladigan An-132 yuk tashuvchi samolyotining birinchi namunasi 2016 yilning oxiriga qadar chiqariladi. Bu haqda “Antonov” davlat korxonasi bosh konstruktori Dmitriy Kiva Paris Air Show 2015 xalqaro aerokosmik saloni chog‘ida ma'lum qildi.

“Bu samolyotni biz 2016 yil oxiriga qadar ishlab chiqaramiz, bizda aniq dastur bor, bu shartnomada nazarda tutilgan. Samolyot Kiyev va Saudiya Arabistonidagi zavodlarda teriladi; shuningdek, Ukrainaning boshqa korxonalari, jumladan, Xarkov zavodi ishga jalb qilinishi mumkin”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kivaning so‘zlariga qaraganda, An-32ning takomillashgan versiyasi bo‘lmish An-132 qumli aerodromlarda ham qo‘llanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, uning uzoqqa uchishi ikki barobarga ko‘paytirilgani, yoqilg‘i samaradorligi oshirilgani aytildi.

Top