10:37 / 16.06.2015
2061

"Chelsi" keyingi ikki mavsumni "Stemford Brij"da o‘tkazmasligi mumkin

"Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich "Stemford Brij" o‘yingohida 500 mln funt sarflab, rekonstruksiya ishlarini amalga oshirmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bergan.
 
Stadionni rekonstruksiya qilish loyihasiga ko‘ra, bu yerda keyingi 3-4 mavsum davomida ish olib boriladi va natijada stadionning bir qismi yer sathidan pastga tushiriladi.
 
Shuningdek, o‘yingoh sig‘imini 60 ming tomoshabinga yetkazish mo‘ljallangan.
 
Qayd etish joizki, loyiha bo‘yicha ishlar boshlanganida "Chelsi" jamoasi uy o‘yinlarini boshqa joyda o‘tkazishi talab qilinadi. Jamoa ayni vaqtda Angliya regbi terma jamoasi o‘yinlari uchun qurilgan "Tvikenxem" nomli stadiondan foydalanishni rejalashtirmoqda.
 
Top