12:41 / 16.06.2015
4013

Fransiyalik ayol Buxoroda mehmonxona ochdi

Fransiya fuqarosi Elen Pelos Buxoroda mehmonxona ochdi. Bu haqda Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasining matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, Elen Pelos Buxoroning tarixiy qismida qadimiy uyni sotib olib, uni qayta tikladi. Mart oyida esa u Buxoroda mehmonxona yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi va uni Hélène Oasis deb atadi.

«Fransiyaliklar orasida O‘zbekistondagi bunday tashkilot birinchisidir», — deyiladi elchixona xabarida.

Top