17:24 / 16.06.2015
2860

May oyining yakunlari bo‘yicha Beeline‘ning call-markaziga kelib tushgan so‘rovlarning ommabop reytingi

2015 yil 16 iyun, Toshkent. Aloqa operatori Beeline may oyining natijalariga ko‘ra call-markaziga kelib tushgan abonentlar so‘rovlarining ommabop TOP-5taligini taqdim etmoqda.

Mijozlarning eng ko‘p murojaatlari mobil internet bo‘yicha maslahat olish haqida bo‘lgan. Asosan avto- va qo‘lli sozlash qoidalari, shuningdek optimal GPRS-paketlar tanlashda ko‘mak olish savollari bilan qiziqishgan.

Ikkinchi o‘rinda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar: balans bo‘yicha maslahat, ishonchli to‘lov, mobil pul o‘tkazuv, Click xizmati.

Ommabopligi bo‘yicha uchinchi savol – kontent-xizmatlar: qanday yoqish va o‘chirish, tarifikatsiya.

To‘rtinchi o‘rinda xizmat turlari bilan bog‘liq savollar. Abonentlarni ko‘pincha quyidagi xizmatlar qiziqtirgan: “Aloqada bo‘l!”, “Kontakt bor!”, “Mega kun” va “Mega hafta”, shuningdek “Do It!”.

Beshinchi o‘rinda Beeline tarif rejalari bo‘yicha maslahatlar: mijozlar “Bravo Ooo!”, VIP Status, Zo‘r-Zo‘r Mix tarif rejalari bilan bog‘liq savollar berishgan.

Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari “Onlayn-maslahatchi” www.0611.beeline.uz noyob chatdan va 0621 SMS-maslahatchidan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi. Internet servislar orqali xizmat ko‘rsatilishi uchun 0611@beeline.uz elektron manziliga maktub yo‘llash, yoki kompaniya sayti orqali quyidagi havola bo‘yicha so‘rov yuborish mumkin http://mobile.beeline.uz/ru/main/help/faq.wbp.

Top