14:46 / 16.06.2015
1424

"Milan" Inzagining ishdan bo‘shatilgani haqida rasman e'lon qildi

"Milan" rahbariyati Filippo Inzagini jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqardi. Bu haqda "rossonerilar"ning rasmiy saytida xabar qilindi.
 
Shu tariqa, 41 yoshli mutaxassis jamoada 1 yil ishladi. Uning boshqaruvida o‘tkazilgan mavsumda "Milan" Italiya chempionatida 10 o‘rinni egalladi va yevrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmadi.
 
Qayd etish joiz, "Milan"ga keyingi mavsumdan boshlab Sinisha Mixaylovich bosh murabbiylik qiladi.
 
Top