13:39 / 16.06.2015
2585

O‘zbekistonlik olimlar diabetiklar uchun tabletkalar va shirinliklar yaratdi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi S. Yunusov nomli o‘simlik moddalar kimyosi instituti xodimlari tomonidan metformin moddasi yaratildi. “Pravda Vostoka” gazetasining yozishicha, ushbu modda qon tarkibidagi shakar miqdorini tushiruvchi, qandli diabetni davolovchi preparat hisoblanadi.

Intellektual mulkni qo‘riqlash agentligining ma'lumotlariga qaraganda, preparat qon aylanishini yaxshilaydi, qondagi glyukoza konsentratsiyasini kamaytirib, uning glikogen moddasiga aylanishini tezlashtiradi hamda buyrakning me'yorda ishlashiga yordam beradi. Yangi modda, shuningdek, ortiqcha vaznga ega odamlarga ham yordam beradi.

Bundan tashqari, gazetada yozilishicha, Namangan viloyati hokimiyati qoshidagi innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazi mutaxassislari respublika aholisiga uncha yaxshi tanish bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi mahsuloti – topinambur vositasida shirinliklar va gazaklar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdi. Uning tarkibidagi fruktoza shakarning o‘rnini bosadi, bu esa ovqatni diabetiklar uchun yaroqli yemakka aylantiradi.

Top