23:41 / 16.06.2015
1734

P&G kompaniyasi Wella, MaxFactor va CoverGirl brendlarini sotmoqda

AQShning go‘zallik uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Coty Inc. kompaniyasi Procter & Gamble kompaniyasining uchta biznesi, jumladan Wella brendini o‘z ichiga olgan sochlarni parvarishlash uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo‘limini sotish bo‘yicha auksionni yutib oldi. Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda.

Bundan tashqari, P&G kompaniyasi MaxFactor va CoverGirl brendlarini ham sotuvga qo‘ydi. Dunyoda iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya bo‘lmish P&G xarajatlarni kamaytirish doirasida bir qator aktivlarini sotib yuborishga qaror qildi.

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, bitim qiymati 12 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin.

16 iyundagi dastlabki savdolar paytida Coty aksiyalari narxi 15 foizga, P&G niki 1,8 foizga ko‘tarilib ketdi.

1904 yilda tashkil topgan Coty kompaniyasi germaniyalik Raymanlar oilasiga tegishli bo‘lib, uning bozor narxi 9,39 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Coty portfeliga mashhur atir-upa, dekorativ kosmetika hama tana va terini parvarishlash mahsulotlari kiradi. Kompaniya 130 dan ortiq davlatda sotiladigan Adidas, Calvin Klein, Chloe, Davidoff, Marc Jacobs, OPI, Philosophy, Playboy, Rimmel va Sally Hansen brendlari ostida mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Kompaniyaning 2014 yil 30 iyunda yakunlangan moliyaviy yildagi sof daromadi 4,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Top