15:56 / 16.06.2015
1734

Pedro "Barselona" bilan shartnomasi uzaytirilganiga qaramasdan jamoani tark etmoqchi

"Barselona" jamoasi hujumchi Pedro Rodriges yozgi transferlar vaqtida yoki keyingi yilning boshida jamoani tark etishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

Xabarda aytilishicha, futbolchi biroz oldinroq jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganiga qaramasdan, o‘zining bu jamoada tutgan o‘rnidan qoniqmayapti.

27 yoshli futbolchi yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatish uchun avvalgidan ham kamroq imkoniyat bo‘lishidan xavotirlanayotganini bildirgan.

Qayd etish joizki, "Barselona"ning hujum chizig‘ida u Messi, Neymar va Suares kabi futbolchilar bilan raqobatda bo‘lishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma'lumot uchun, Pedro biroz oldinroq, jamoa bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirgan, jamoa bu futbolchi bilan shartnomaning bir tomonlama buzilishi uchun 150 mln yevrolik narx belgilab qo‘ygandi.

Ushbu hujumchiga da'vogar jamoalar orasida "Arsenal", "Liverpul", "PSJ" va "Chelsi" jamoalari nomi sanab o‘tilgan.

Top