01:26 / 16.06.2015
1465

Ramzon Qodirov Grozniyda xokkey klubini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov Grozniyda Kontinental xokkey ligasida ishtirok eta oladigan xokkey klubi tashkil etish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.

“KXLda ishtirok etish borasida aytadigan bo‘lsak, bunday maqsadimiz bor, uning amalga oshishi, unga erishish ko‘p omillarga bog‘liq. Biroq men kelajakda bizda ajoyib jamoa bo‘lishiga shubham yo‘q! Albatta, biz bunga intilamiz.

Yaxshi jamoani tayyorlash va uni ta'minlash uchun mablag‘lar, ko‘p vaqt kerak. Ishonchim komilki, jamoaga xomiylik qiladiganlar Rossiyada va xorijda topiladi. Biroq birinchi navbatda asosiy e'tiborni biz yosh xokkeychilarni tarbiyalash, jamoada uni oldinga intiltiruvchi kuch bo‘la oladigan dunyo xokkeyining yorqin yulduzlarining bo‘lishiga qaratamiz.

Albatta, asosiy maqsad – minglab yoshlarga muzusti sport turlari bilan shug‘ullanishga, konkida uchishga imkoniyat yaratib berishdan iborat”, deb aytdi Qodirov.

Top