11:41 / 16.06.2015
1892

Saudiyalik shahzoda Twitter`ga yangi doimiy rahbar kelishini istamoqda

Saudiya Arabistoni qirollik xonadoni shahzodalaridan biri al-Volid ibn Talal The Financial Times nashriga bergan intervyusida Tvitterning yangi bosh direktori Jyek Dorsidan noroziligini ma'lum qilgan.

"Jyekning boshqa kompaniyasi bor. U Square kompaniyasi uchun ko‘p vaqtini band qiladi. Umid qilamanki, u yangi lavozimida uzoq vaqt qolmaydi. Kompaniyaning yangi direktori sarmoyalarni jalb qilish, texnik jihatlarni rivojlantirish hamda marketing sohasida o‘z uslubini yaratadigan odam bo‘lishi kerak", deydi shahzoda.

Ma'lumot uchun, al-Volid 2011 yilda 300 mln dollar evaziga Tvitterning 3 foizlik aksiyasini sotib olgan, hozirgacha o‘z ulushini 5 foizgacha oshirgan.

Biroz oldinroq, Tvitter bosh direktori Dik Kostolo o‘z lavozimidan iste'foga chiqqan hamda uning o‘rniga Jyek Dorsi vaqtinchalik rahbar bo‘lgandi.

Top