18:06 / 16.06.2015
5810

Ukrainalik sobiq josus AQSh Poroshenkoning o‘rniga "boshqa odami"ni tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Tashqi razvedka xizmatining sobiq xodimi Aleksey Miroshnichenko Luganskdagi matbuot-anjumani paytida Vashington Ukrainaning hozirdagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni “hisobdan chiqarib”, uning o‘rniga yangi siyosiy loyiha tayyorlayotganini aytdi.

“Yangi siyosiy loyiha AQShga bo‘ysunuvchi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Menga ma'lum bo‘lgani, 16 iyun kuni yangi partiyaning Butunukrain s'yezdi bo‘lib o‘tadi, unda Nikolay Malomujni partiyaga rais qilib tayinlash rejalashtirilmoqda. Loyiha mahalliy saylovlar o‘tkazishga va Pyotr Poroshenkoni obro‘sizlantirishga qaratilgan”, deb aytmoqda Miroshnichenko.

Nikolay Malomuj Ukraina tashqi razvedka xizmati raisi lavozimida 2005-2010 yillar davomida ishlagan. Miroshnichenko yaqinda Malomuj Avstriyaga tashrif buyurib, u yerda oligarx Dmitriy Firtash bilan o‘zining saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish haqida muzokaralar o‘tkazganini aytdi.

”Menga ma'lumki, AQSh Ukrainada yangi natsionalistik partiya tuzmoqchi va uning raisi qilib Lyashko radikal partiyasi deputati Andreya Reutani qo‘ymoqchi. Partiyaning nomi AQSh elchisi bilan kelishildi. Amerikaliklar bu siyosiy kuch ostida “Svoboda”, “Narodnyy rux Ukrainy” va “Pravyy sektor”ning barcha elektoratini birlashtirmoqchi. Yaqin orada ular mamlakat siyosiy rahbariyatini ag‘darib, ular o‘rniga “Samopomoshch”dan Andrey Sadovoy va Artem Yeryomenko kabi odamlarni olib kelishmoqchi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi sobiq razvedkachi.

Top