13:18 / 17.06.2015
3045

“O‘zfarmsanoat” dorivor o‘simliklar asosida preparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

“O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi dorivor o‘simliklar asosida preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan loyihani amalga oshiradi. Buning uchun o‘rmon xo‘jaliklariga oid 10 mln gektar yerni fermerlik mulklari uchun ajratib, dorivor o‘simliklar ekishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatning har bir viloyatida ekinzorlar yaratiladi, xorijiy investitsiyalar asosida farmatsevtik korxonalar ishga tushiriladi.
Uzbekistan Today nashrining yozishicha, dori vositalarining ishlab chiqarilishi joriy yilning oxirida va keyingi yilning boshida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida umumiy qiymati 222.52 mln dollarni tashkil qiladigan jami 48 loyiha amalga oshiriladi. Ulardan 23tasi shu yilning o‘zidayoq yakunlanadi.

Top