13:32 / 17.06.2015
1876

2014 yili O‘zbekistonda 2.3 tonna giyohvand moddalar ushlab qolindi

O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda 2 tonna 298 kg giyohvand moddalar kontrabandasi va tarqatilishining oldi olindi. Bu “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yili giyohvandlik bilan bog‘liq vaziyat. Aksilgiyohvandlik siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning realizatsiyasi” nomli hisobotda bayon qilindi.

Bu borada olib borilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 2014 yili giyohvandlik bilan bog‘liq 6 698 jinoyatlar (2013 yili – 7 680) aniqlangan bo‘lib, ulardan 3 062tasi (3 772) giyohvand moddalarning sotilishi, 607tasi (623) kontrabandasi, 1 320tasi (1 491) tarkibida giyohvand moddalar bor o‘simliklarni noqonuniy ekish bilan bog‘liq, 1 709tasi (1 794) boshqa turdagi jinoyatlardir.

Ushlab qolingan 2 tonna 298 kg giyohvand moddalar ichida 106.5 kg geroin, 881.9 kg afyun, 802.9 kg marixuana, 100 kg gashish va 406.3 kg ko‘knordir.

Top