11:05 / 17.06.2015
3264

Iroq bosh vaziri "IShID" dunyoning 100ga yaqin davlatidan bolalarni o‘z safiga yollayotganini aytdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy "IShID" terrorchilik guruhi dunyoning 100ga yaqin davlatidan bolalarni o‘z safiga yollayotganini aytdi.

“IShID" guruhi o‘zi nazorat qilayotgan hududlarda terrorchilik hujumlarini sodir etish uchun dunyoning 100ga yaqin davlatidan bolalarni o‘z safiga yollamoqda”, deb Al-Obodiyning so‘zlarini keltirib o‘tdi Eronning PressTV telekanali.

Shu munosabat bilan Al-Obodiy BMTni bolalarni terrorchilik guruhlariga yollanishini “insoniyatga qarshi jinoyat” deb qoralashiga chaqirdi.

Bundan tashqari, Iroq bosh vaziri boshqa davlatlardan har oy o‘rtacha 40 ga yaqin jangari Iroqqa terrorchilik operatsiyalarini ushyutirish uchun kelayotganini aytdi.

“Ayni paytda "IShID" safidagi xorijiy jangarilar soni bu guruhdagi iroqlik jangarilar sonidan ko‘proqni tashkil qilmoqda”, deb ta'kidlamoqda Al-Obodiy.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda "IShID" Iroqdagi va Suriyadagi janglar davomida umumiy hisobda 400ga yaqin bolani qo‘lga olgan va ularni o‘zining Suriyadagi bazasida ushlab turibdi. Ularning ongiga faol ravishda ekstremistik g‘oyalarni singdirmoqda hamda harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Top