07:17 / 17.06.2015
2437

Kickstarter`da zarang yog‘ochidan ishlangan klaviatura namoyish qilindi

Keyboardio kompaniyasi Kickstarter sayti yordamida zarang daraxti yog‘ochidan ishlangan ergonomik klaviaturani ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi. Bu haqda engadget.com portali ma'lum qildi.

Yangi klaviatura noodatiy shaklga ega bo‘lib, ishlab chiquvchilarning aytishicha, qo‘llarning eng kam darajada toliqishini ta'minlaydi.

Yog‘och klaviaturaning narxi 229 dollarni, bir jufti esa 549 dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq 9 dollarlik kompyuter loyihasi Kickstarter`da 2 mln dollar yiqqani ma'lum qilingandi.

 

Top