17:43 / 17.06.2015
7759

Lyuksemburg Yevropaning eng boy davlati deb topildi

Lyuksemburg Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar ichida aholi jon boshiga o‘rtacha yalpi ichki mahsulot ulushiga ko‘ra eng boy mamlakat sifatida e'tirof etildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining statistika xizmati hisobotida ma'lum qilingan.

Hisobotda qayd etilishicha, ushbu ma'lumotlar YeIga a'zo bo‘lgan 28ta davlat, shuningdek Islandiya, Norvegiya va Shveytsariya, Ittifoqqa qo‘shilish uchun nomzod beshta mamlakat (Chernogoriya, Makedoniya, Albaniya, Serbiya va Turkiya) va yana bir potensial nomzod – Bosniya va Gertsegovina kabi mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.

Xabarda yozilishicha, ikkinchi o‘rinni Irlandiya egallab turibdi. Ular mazkur reytingda Gollandiyani ortda qoldirishmoqda.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Bolgariya va Ruminiya davlatlarida qayd qilingan.

Top