10:39 / 17.06.2015
4990

Namanganda sud kotibi militsiyachiga hujum qildi

Fuqarolik ishi bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi kotibi sud binosini qo‘riqlayotgan militsiya xodimiga hujum qilib, unga qaychi bilan jarohat yetkazdi.

“Diyonat” gazetasida yozilishicha, 25 yoshli kotib qo‘riqlash xizmati xodimi bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan, natijada ularning o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

Top