16:01 / 17.06.2015
1906

Poroshenko Ukraina va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi vizasiz rejimni ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko uning davlati va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi vizasiz rejimni ishga tushirish bo‘yicha ish olib borishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Ukraina rahbarining rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Ukraina fuqarolari uchun YeI hududiga vizasiz chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkil etilgan yig‘ilishda Poroshenko Yevropa komissiyasi tavsiyalariga binoan tayyorlangan hisobotni topshirish uchun joriy yilning 17 avgustiga qadar muddat qo‘ydi.

«Prezident vizasiz rejim Yevropa Ittifoqiga kirgan barcha davlatlar uchun ustuvor bo‘lishi kerakligini alohida ta'kidladi», deyiladi mamlakat rahbari matbuot xizmati bergan xabarda.

Top