09:31 / 17.06.2015
7387

Putin Poroshenkoning Yanukovichga pora berilgani haqidagi so‘zlariga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenkoning so‘zlarini sharhlab o‘tdi. RIA Novosti agentligining eslatishicha, Poroshenko Ukrainaga ajratilgan 3 mlrd dollar kreditni Viktor Yanukovichga berilgan pora deb baholagan.

“Agar u buni prezident Yanukovich Yevropa Ittifoqi bilan birlashish borasidagi shartnomani imzolamasligi evaziga pora deb hisoblasa, demak, ushbu shartnoma imzolanishi uchun boshqa kreditorlar va investorlar tomonidan ajratilgan barcha mablag‘larni ham pora deb hisoblash mumkin, u yerda AQSh jamg‘armalarining puli ham ko‘p”, – dedi Putin.

“Bu pullar, agarda ularni pora deb hisoblaydigan bo‘lsak, kimning cho‘ntagiga ketgani ham noma'lum”, – qo‘shimcha qildi u.

Top