09:22 / 17.06.2015
3282

Tatariston muftiysi O‘zbekiston musulmonlar idorasi delegatsiyasini qabul qildi

Tatariston muftiysi Komil hazrat Samig‘ullin O‘zbekiston musulmonlar idorasi delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston muftiysining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Ibrohim Inomov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston musulmonlar idorasining faoliyati bilan tanishib chiqdi, shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Islam-today.ru portalining yozishicha, Tatariston muftiysi o‘zbekistonliklarni respublika musulmon jamoatidagi tanishtirgan, diniy an'analarni saqlash, tatar diniy merosini tiklash borasidagi ishlar haqida gapirib bergan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi Samig‘ullinga O‘zbekiston muftiysining salomini yetkazib, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash zaruratini ta'kidlab o‘tishgan. Ular Tatariston muftiysini hamda diniy arboblarini O‘zbekistonga taklif qilgan.

Top