00:20 / 17.06.2015
3312

Texas shtatiga Bill tropik bo‘roni kelmoqda

AQShning Texas shtatiga Bill tropik bo‘roni kelmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

“Kuchli shamollar va quyunlar bo‘lishi ehtimoli bor. Hattoki me'yoridagi yog‘ingarchilik ham toshqinlarga olib kelishi mumkin. Katta ziyon yetkazishi hamda odamlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan daryolar toshishi ehtimoli mavjud”, deb aytdi shtatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqaruvchisi.

Uning aytishicha, Bolivar Peninsula aholi punkti aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Chevron Corp. kompaniyasi kelayotgan bo‘ron tufayli Meksika ko‘rfazidagi platformasidan o‘zining bir qism xodimlarini evakuatsiya qilgani ma'lum qilingandi.

Top