09:14 / 17.06.2015
4574

Turkiyaning sobiq prezidenti Sulaymon Demirel vafot etdi

Anqarada Turkiyaning to‘qqizinchi prezidenti, 90 yoshli Sulaymon Demirel vafot etdi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi xabar berdi.

Demirel 13 may kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. 16 iyun kuni uning ahvoli yomonlashdi. Oqibatda shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

Sulaymon Demirel prezidentlik lavozimini 1993-2000 yillarda egallab turgan. Ilgari u besh marotaba bosh vazirlikka saylangan. Demirel, shuningdek, Demokratik hamda Adolat va taraqqiyot partiyalarining yetakchisi hisoblangan.

Top