10:18 / 17.06.2015
3951

Turmush tarzi darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Shveytsariya yetakchilik qilmoqda

Movehub xalqaro portali turli so‘rovlar yordamida tuzilgan turmush tarzi darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini taqdim qildi.

Bu reytingda 288 ball bilan Shveytsariya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Daniya joylashgan.

Aytish joizki, reytingni tuzishda xavfsizlik, tibbiy xizmat, xaridorlik qobiliyati, iste'mol mahsulotlari va ko‘chmas-mulk narxi hamda ish haqi darajasi hisobga olindi.

Reyting quyidagi ko‘rinish olgan:

1. Shveytsariya
2. Daniya
3. Germaniya
4. Finlyandiya
5. Shvetsiya
6. Saudiya Arabistoni 
7. Ummon
8. Avstraliya
9. Norvegiya
10. AQSh
11. Avstriya
12. Kanada
13. Niderlandiya
14. Islandiya
15. Lyuksemburg

Shuningdek, turmush tarzi eng past darajada bo‘lgan davlatlar nomlari ham keltirib o‘tildi. Bunday davlatlar qatorida Kuba, Venesuela va Gana kabi nomlarni ko‘rish mumkin.

Top