13:24 / 17.06.2015
4281

Xorijiy ishchilar uchun eng qimmat shaharlar reytingida Toshkent 162-o‘rinni egalladi

AQShning Mercer konsalting firmasi xorijiy ishchilarning yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini e'lon qildi. Ushbu reyting har yili e'lon qilib boriladi. Joriy yilgi ro‘yxatga dunyoning 211 shahri kiritildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Angola poytaxti Luanda egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Gongkong va Tsyurix egalladi. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Singapur, Jyeneva, Shanxay, Pekin, Seul, Bern va n’Jamena o‘rin oldi.

Ro‘yxatning oxirida Bishkek, Vindxuk, Karachi, Tunis, Skope, Banjul, Minsk, Keyptaun, Managua, Tbilisi shaharlari turibdi.
Toshkent ro‘yxatda Ottava va Addis-Abeba shaharlari bilan birga 162-o‘rinni bo‘lishib olgan.

Top