17:35 / 18.06.2015
3133

Cherdantsev «NTV Plyus» telekanali ko‘rsatuvlariga bundan keyin Bubnovni chaqirmaslikka so‘z berdi

Rossiyaning «NTV Plyus» telekanali futbol sharhlovchisi Georgiy Cherdantsev o‘zining o‘quvchilari bilan uchrashuv chog‘ida futbol eksperti Aleksandr Bubnovning so‘nggi paytlarda TVdagi chiqishlariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bubnov umuman sog‘ emas. Unda joyida emas. Odam kitob yozsa, bu uning soppa-sog‘ligini bildirmaydi».

«Men sizga aniq aytishim mumkinki, «Sport Plyus»dagi sentabrdan buyon efirga uzatayotgan ko‘rsatuvimizda boshqa Bubnovni chaqirmaymiz. Bunga va'da beraman. Bunday masxarabozliklarni futbolga aralashtirish noto‘g‘ri», deya Cherdantsevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.ru Internet-nashri.

Top