Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonning yuristlar malakasini oshirish borasida olib borayotgan xalqaro hamkorligi natijalariga bag‘ishlangan hisobot e'lon qildi. U Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sud kadrlarini qayta tayyorlash va kvalifikatsiyasini oshirish tizimini takomillashtirish: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya natijalariga asoslanadi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda samarali sud-huquq tizimi yaratilgan bo‘lib, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va manfaatlari himoyasi ta'minlanmoqda. Sud tizimi mustahkamlanib borayotgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, mamlakatda huquqiy ta'limni rivojlantirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etib o‘tildi.