09:16 / 18.06.2015
1611

Frank Riberi o‘z jarohatida jamoaning sobiq shifokori Myuller-Volfart aybdor bo‘lmaganini aytdi

"Bavariya" yarimhimoyachisi Frank Riberi jamoaning ishdan bo‘shatilgan shifokori Xans-Vilxelm Myuller-Volfart haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ushbu 72 yoshli shifokor shu yilning aprel oyida jamoa futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi joyida emasligi tufayli ko‘p jarohat olayotganida aybdor sifatida ishdan bo‘shatilgandi.

Riberi undan maslahat olishda davom etayotganini ma'lum qildi.

"Men Myuller-Volfartga to‘liq ishonaman. Men undan mahoratliroq shifokorni ko‘rmaganman.
U jarohatlarimdan sog‘ayishim uchun barcha ishni qildi. Ba'zida tibbiyot ham ojiz qoladigan vaziyatlar bo‘lib turadi. Uni bunda ayblamaslik kerak", deydi Riberi.

Top