12:24 / 18.06.2015
1583

"Golden Steyt Varriors" jamoasi Milliy basketbol uyushmasi g‘olibi bo‘ldi

Milliy basketbol uyushmasining "Golden Steyt Varriors" va "Klivlend kavalers" basketbol jamoalari o‘rtasidagi final seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi. “Jangchilar” o‘z raqiblari “kavalerlarga” ikki o‘yinni boy berib, 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan holda, 1975 yildan beri ilk bor bu unvonni qo‘lga qiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Oxirgi o‘yinda 97:105 hisobida “Golden Steyt” basketbolchilarining qo‘li baland kelib, seriyadagi umumiy hisob “jangchilar” foydasiga 4:2 hisobi bilan yakunlandi. O‘yinning eng samarali o‘yinchisi 32 ochko yiqqan “Klivlend” basketbolchisi Lebron Jyeyms bo‘ldi.

Top