08:40 / 18.06.2015
1717

Iordaniya politsiyasi 33 yil avval Parijda terakt uyushtirgani gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi

Parijda 33 yil avval yahudiylar kvartali markazidagi do‘konda sodir etilgan teraktning ehtimoliy tashkilotchisi Iordaniyada qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Iordaniya hukumati sud ushbu gumondor shaxs – Suxar Muhammad Hasan Xalil al-Abbosiyga nisbatan uning ekstraditsiyasi haqidagi qaror qabul qilinmaguncha xorijga chiqishini man qilib qo‘ydi, deb ma'lum qildi. Al-Abbosiy fransuz politsiyasi qidirayotgan portlashni uyushtirishda gumon qilinayotgan 3 nafar shaxsdan biri edi. Yana ikki gumondor shaxs taxminlarcha Falastin va Norvegiyada qolmoqda.

Ma'lumot uchun, 1982 yilda Parijda Jo Goldenberg ismli yahudiyga tegishli do‘konga hujum qilinishi oqibatida 6 kishi, jumladan 2 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘lgan va 22 kishi yaralangan. Bosqinchilar do‘kon binosiga avval bir nechta granata uloqtirib, keyin pulyomyotdan o‘t ochishgan.

Top