11:12 / 18.06.2015
4112

Kaliforniyalik talaba fastfud taomi ichidan qovurilgan kalamushni topib oldi

AQShning Kaliforniya shtatidagi KFC restoraniga tushlik qilish uchun kirgan talabaning ovqati ichidan qovurilgan kalamush chiqdi. Bu haqda The Independent nashri xabar beradi.
Talaba kalamushli taomning suratini ijtimoiy tarmoqlarda nashr qilib, o‘quvchilarni fastfuddan voz kechishga chaqirdi.
Xabarda ta'kidlanishicha, restoran menejyeri ovqat ichidan darhaqiqat uzun dum va ingichka tumshuqqa ega kemiruvchi topilganini tan olib, mijozdan uzr so‘ragan.
O‘z navbatida, KFC vakillari talaba bilan bog‘lana olmayotganlarini, bu axborot hozircha isbotini topmaganini ta'kidlamoqda.
“Bizning tovuqli naggetslarimiz shakl va o‘lchovlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi, va ayni paytda bu kalamush bo‘lganini isbotlaydigan hech qanday dalil yo‘q. Biz kompaniya hisobidan laboratoriyada mahsulotning mustaqil ekspertizasini uyushtirishni taklif qildik, lekin mijoz mahsulotni taqdim etishdan bosh tortmoqda”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Top