10:40 / 18.06.2015
1748

Misr prezidenti Ramazon arafasida muxolifatning 165 nafar faolini afv etdi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy 17 iyun kuni norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun jazolangan 165 nafar kishini amnistiya qilish qarorini chiqardi, deb xabar bermoqda Misr davlat televideniyesi.

Qaror Ramazon oyi munosabati bilan qabul qilindi.

Liberal va so‘l yoshlar harakatlarining yuzlab tarafdorlari Misr huquq-tartibot muassasalari tomonidan hibsga olinib, mamlakatda 2013 yil noyabrda “Jamoatchilik joylarida tinch yig‘ilishlar, yurishlar va namoyishlar o‘tkazish huquqi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingandan keyin turli muddatlarga jazolangan edi.

Har qanday noqonuniy tadbirlar tashkil etishni taqiqlovchi va uni buzganlik uchun qamoq jazoni nazarda tutuvchi ushbu qonun norozilik kayfiyatidagi aholining keskin qarlishigiga uchradi.

Ayblanganlar orasida asosan yoshlar, talabalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oxirgi ommaviy afv qilish tadbiri yanvarda amalga oshirilgan edi. O‘shanda Misr bosh prokurori betartibliklar va norozilik tadbirlarida ishtirok etgan mamlakatning turli ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 100 nafar talabani ozod etish haqida qaror qabul qilgan edi.

Top