13:55 / 18.06.2015
1853

Neymar o‘yinni to‘g‘ri boshqara olmaydigan futbol hakamlardan charchaganini aytdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Kolumbiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Qoidalar bo‘yicha o‘ynash lozim. Raqiblar mening oyog‘imga tinimsiz tepishadi va jazolanmay qolishadi. To‘p tasodifan qo‘limga tegib ketganida esa menga kartochka ko‘rsatishadi. O‘yinni to‘g‘ri boshqara olmaydigan hakamlardan juda charchadim.

O‘yin oxirida tartibsizlik kelib chiqdi. Lekin bu janjalni men boshlamadim. Raqib futbolchilari menga tashlanishdi. Ularning kimligini ham ko‘ra olmay qoldim. Yakunda esa qizil kartochkani menga ko‘rsatishdi.

O‘yinda jamoa yaxshi o‘ynay olmadi. Men esa juda yomon o‘ynadim", deydi Neymar.

Top