20:49 / 18.06.2015
2669

O‘zbekiston TIV Sulaymon Demirelning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

2015 yilning 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari Turkiyaning sobiq Prezidenti va Bosh vaziri Sulaymon Demirelning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Elchi Namik Guner Erpul Prezident I.A.Karimovning Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an nomiga yo‘llagan maktubidagi dalda va hamdardlik so‘zlari uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.

Top