14:04 / 18.06.2015
2931

Ramzon Qodirov Donbassda “chechen bataloni” yo‘qligini aytdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov “Interfaks” axborot agentligiga Ukraina sharqida ayirmachilar tomonida qandaydir chechen bataloni jang qilayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdi. “Bu safsata. Agar u yerda chechen bataloni bo‘lganda, Donbassda hammasi allaqachon tugagan bo‘lardi, ular allaqachon Kiyevgacha yetib borgan bo‘lardilar”, deb aytdi Qodirov.

Qodirovning fikricha, Ukrainani bugun himoya qilish uchun na insoniy, na moddiy salohiyatlar mavjud: mamlakat armiyasi “boshdan oyoqqacha yalang‘och qilib bo‘lingan”, yosh yigitlar harbiy xizmatni o‘tashga zo‘ravonlik bilan majbur qilinmoqda. Qodirovning aytishicha, bu holat Ukraina hukumati tomonidan inson huquqlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi hisoblanadi, biroq u yerda bu haqda gapirmaslik afzal ko‘riladi.

“Men anchadan beri gapiraman: bizni tajovvuzkorlikda ayblab kelishmoqda, keling yo‘qsa qanday jang qila olishimizni haqiqatda ko‘rsataylik. Generallarning banoyotlarini qabul qilish va paradlar o‘tkazish boshqa narsa, o‘zida to‘plarning gumbur-gumburini his qilish boshqa narsa”, deb aytmoqda Qodirov. Uning fikricha, mamlakat rahbariyati Kiyevda portlayotgan snaryadlar tovushini eshitishsa, ehtimol balki shunda Donbassda o‘nlab o‘layotgan ayollar va bolalar haqida o‘ylab ko‘risharmidi.

Checheniston rahbari Ukrainada vatanparvarlar qolmagani aytdi. Shu munosabat bilan u Odessa viloyatiga gubernator qilib tayinlangan, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini eslab o‘tdi. “Agar Ukrainada birorta vatanparvar bo‘lganda, Saakashvilini allaqachon haydab chiqarvorgan bo‘lardi”, deb ta'kidlamoqda Qodirov.

Top