07:41 / 18.06.2015
2183

Rossiya Muftiylar kengashi rahbari barcha musulmonlarni Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi

Rossiya Muftiylar kengashi rahbari Ravil G‘aynutdin barcha musulmonlarni 18 iyundan boshlangan muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

“Rossiya musulmonlari, har birimiz uchun Ramazon oyi ro‘zasi irodamizning mustahkamligi, rahmdilligimiz, niyatlarimizning sofligi va amallarimizning oliyhimmatligini sinovdan o‘tkazish vaqtidir”, deb aytdi G‘aynutdin o‘z tabrik so‘zida.

G‘aynutdin rossiyalik musulmonlar “asrlar davomida sinovdan o‘tgan pravoslav va musulmonlar hamda Rossiyadagi boshqa an'anaviy dinlar vakillari o‘rtasidagi birodarlikka asoslangan millatlararo va dinlararo totuvlik qanchalik muhimligini” yaxshi tushunishlarini ta'kidlab o‘tdi.

Top