15:04 / 18.06.2015
1624

Tailandda MERS koronavirusi bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi

Tailandda MERS koronavirusi bilan kasallangan mamlakatdagi ilk odam aniqlandi. Bu haqda Tailand qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi. Bemor haqida ma'lumotlar berilmayapti.

Mamlakat hukumati virusning tarqalmasligi uchun barcha choralar ko‘rilganini ta'kidlamoqda.
Ayni paytda ushbu virusga qarshi vaksina mavjud emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, virusdan o‘lishlik darajasi 35 foizni tashkil qiladi.

Top