11:38 / 18.06.2015
4901

Xodorkovskiy: Putinning G‘arb bilan ixtilofi sun'iydir

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning G‘arb bilan ixtilofi sun'iy xarakterga ega, deb hisoblaydi sobiq oligarx, siyosatchi Mixail Xodorkovskiy.
“G‘arb bilan bugungi qarama-qarshilik tamoman sun'iydir. Munosabatlarining sovutilishi Rossiya elitasining hokimiyatni saqlab qolishga intilayotgan qismining tashabbusidir”, – dedi u Atlantika kengashining yig‘ilishida so‘zlagan ma'ruzasida.
“Elita dushman obraziga muhtoj, bu aholini korrupsiya hamda hokimiyat samarasizligidan chalg‘itadi”, – undan iqtibos keltiradi Reuters.
“Putin hokimiyat tepasida qolar ekan, afsuski, yaqinlashish haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, – qo‘shimcha qildi muxolifatchi.
Xodorkovskiyning fikricha, Rossiyada shunday tizim yaratilganki, undagi har qanday qaror to‘satdan bir kishining injiqligi bois o‘zgartirilishi mumkin, bu jarayon esa hech qanday siyosiy mexanizmlar bilan nazorat qilinmaydi.
“Ertami, kechmi, Rossiya rahbariyati o‘zgaradi, G‘arb Rossiyaga YeI va NATO bilan tez va oson integratsiya bo‘lishda yordam berish kerak”, – so‘zini yakunladi Xodorkovskiy.

Top