23:09 / 18.06.2015
2342

Xorazm viloyatida mototsikl o‘g‘risi qo‘lga olindi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan arizaga ko‘ra, IJ markali mototsiklning o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi. Voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatchi qo‘lga olindi. U Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi 25 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Transport vositasi o‘z egasiga qaytarildi.

Mazkur ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Top