17:40 / 18.06.2015
6075

Yangi iPhone 6s’ning ba'zi xususiyatlari oshkor etildi

KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuo keyingi avlod iPhone’larining Apple kompaniyasining aqlli soatlari bilan o‘xshashlik jihatlari ko‘p bo‘lishini bashorat qilmoqda.
Eskpertning fikricha, joriy yilda chiqadigan iPhone 6s, soatlar singari, 7000 seriyasidagi alyuminiyli korpusga ega bo‘ladi. Yangi qotishmaning hamda Force Touch texnologiyasining qo‘llanishi apparatning 0,2 mm ga qalinlashishiga olib keladi, uning kengligi va uzunligi ham taxminan 0,15 mm gu oshadi. Eslatib o‘tamiz, iPhone 6ning qalinligi 6.9 mm, iPhone 6 Plus’ning qalinligi esa 7.1 mm dir.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, Force Touch texnologiyasining yangi smartfonga kiritilishi operatsion dastur interfeysida ko‘plab o‘zgarishlar yasaydi. Bu funksiya Apple Watch soatlari hamda yangi MacBook noutbuklarida mavjud.
Yangi smartfon ranglarining variantlari ham bir qadar o‘zgaradi. Tillarang model sarg‘ishga yaqinlashadi, to‘q kulrang versiya esa (Space Gray) iPhone 6dagiga nisbatan ham to‘qroq bo‘ladi. Bundan tashqari, “pushti oltin” modifikatsiyasi ham paydo bo‘ladi.

Top