10:02 / 19.06.2015
2066

“Mikrokreditbank” xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Toshkentda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlaridan iborat bir qancha jamoa o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda bank matbuot markazi xabar tarqatdi.
Dunyodagi eng mashhur sport turiga bank xodimlari ham jiddiy qiziqishi musobaqa davomida ma'lum bo‘ldi. Axir, futbol nafaqat qiziqarli va tomoshabop o‘yin, balki jismoniy holatni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi kechirish uchun ajoyib vosita hamdir. Shunisi ham muhimki, futbol musobaqasi jamoaviylik ruhini mustahkamlaydi, kollektivning jipslashuviga, ijobiy psixologik muhit o‘rnatilishiga yordam beradi, u esa sport maydonida ham, kundalik faoliyatda ham saqlanib qolinadi. Shu bois “Mikrokreditbank” xodimlari ushbu sport turini yaxshi ko‘rishadi va qadrlashadi.
Futbol turnirida bankning barcha bo‘linmalari, shuningdek, mamlakatning barcha viloyatlaridaga har bir filial jamoalari ishtirok etdi. G‘oliblar bir necha tur keskin va qiziqarli bahs natijalariga ko‘ra aniqlandi. Musobaqa g‘olibi deb final uchrashuvida Andijon filiali kollektivini mag‘lub etgan bank respublika devoni jamoasi topildi. Buxoro viloyat filiali futbolchilari faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
Turnir ishtirokchilari qayd qilib o‘tganiday, ushbu tadbirda eng muhimi turnir jadvalidagi natijalar emas, balki sportga va sog‘lom turmush tarziga hamohanglik, hamkasblar o‘rtasida hamkorlik ruhining mustahkamlanishi bo‘ldi. Bu esa professional faoliyatda ham albatta foyda beradi.

Top